Ertalab yoki kechqurun

Masala #2323 · murakkablik 70% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Konferensiya zalida n ta tadbir o'tkazilishi kerak. Har tadbir uchun ikkita mumkin bo'lgan vaqt bor: i-tadbir yo [ai, bi) oraliqda, yo [ci, di) oraliqda o'tadi. Zal bitta, shuning uchun tanlangan oraliqlarning hech qaysi ikkitasi kesishmasligi kerak (bittasi tugagan paytda ikkinchisi boshlanishi mumkin).

Har tadbirga vaqt tanlang yoki bu mumkin emasligini aniqlang.

Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalgan to'g'ri javob qabul qilinadi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n. Keyingi n qatorda ai bi ci di.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 500, 0 ≤ ai < bi ≤ 109, 0 ≤ ci < di ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Mumkin bo'lmasa - NO. Aks holda YES va keyingi qatorda n ta son: i-tadbir birinchi vaqtda o'tsa 1, ikkinchisida o'tsa 2.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.