Kvadrat ildizlar soni
Masala #2384 · murakkablik 78% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
T ta so'rov. Har birida a va m berilgan, gcd(a, m) = 1. 0 ≤ x < m oraliqda nechta x uchun x2 ≡ a (mod m)?
Masalan, m = 15, a = 4: x = 2, 7, 8, 13 - javob 4. m = 7, a = 3: kvadratlar mod 7 faqat 0, 1, 2, 4 - javob 0.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda T. Keyingi T qatorda ikki son: a va m.
Cheklovlar: 1 ≤ T ≤ 100, 2 ≤ m ≤ 1018, 1 ≤ a < m, gcd(a, m) = 1.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har so'rov uchun alohida qatorda yechimlar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.