Ulkan faktorialning nollari

Masala #2352 · murakkablik 50% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

n! = 1 · 2 · … · n sonini b asosli sanoq sistemasida yozamiz. Yozuv oxirida nechta nol turadi? Masalan, 10! = 3628800 o'nlik sistemada 2 ta nol bilan tugaydi, 5! = 120 esa ikkilik sistemada 1111000 - 3 ta nol.

Sizga T ta so'rov beriladi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda T. Keyingi T qatorda ikki son: n va b.

Cheklovlar: 1 ≤ T ≤ 1000, 1 ≤ n ≤ 1018, 2 ≤ b ≤ 1012.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rov uchun alohida qatorda nollar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.