EKUBi tub son

Masala #2368 · murakkablik 80% · vaqt chegarasi 3.0 s · xotira 256 MB

Koordinata tekisligida n × m o'lchamli to'rtburchakdagi butun nuqtalar (x, y) olingan: x = 1..n, y = 1..m. Ulardan nechtasida koordinatalarning eng katta umumiy bo'luvchisi tub son bo'ladi? Har test bir nechta to'rtburchakdan iborat.

Masalan, 4 × 4 da: (2, 2), (2, 4), (4, 2) - umumiy bo'luvchi 2; (3, 3) - 3. Jami 4.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda T. Keyingi T qatorda ikki son: n va m.

Cheklovlar: 1 ≤ T ≤ 104, 1 ≤ n, m ≤ 107.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rov uchun alohida qatorda javob.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.