Bilaguzuklar
Masala #2403 · murakkablik 58% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Zargar halqaga teng oraliqlarda n ta tosh qadaydi; har tosh k xil tusdan birida. Tayyor bilaguzukni qo'lga ikkala tomoni bilan ham taqish va halqa bo'ylab aylantirish mumkin. Shuning uchun aylantirish, teskari tomonga o'girish yoki ularning ketma-ketligi bilan ustma-ust tushadigan ikki bilaguzuk bir xil. Zargar nechta turli bilaguzuk yasay oladi? Javobni 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiq bilan chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda t (1 ≤ t ≤ 100). Keyingi t qatorda n va k (1 ≤ n, k ≤ 109).
Chiquvchi ma'lumotlar
Har savol uchun alohida qatorda javob.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.