Bog'langan graflar

Masala #2415 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

1 dan n gacha raqamlangan n ta tugunda nechta bog'langan oddiy graf bor? Oddiy graf - har juft tugun orasida ko'pi bilan bitta qirra, halqa yo'q; bog'langan - istalgan tugundan istalganiga qirralar bo'ylab borish mumkin. Ikki graf qirralar to'plami farq qilsa, turli. Javobni 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiq bilan chiqaring. Bitta kirishda t ta savol.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda t (1 ≤ t ≤ 2000). Ikkinchi qatorda t ta son n (1 ≤ n ≤ 2000).

Chiquvchi ma'lumotlar

Har savol uchun alohida qatorda javob.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.