Permutatsiya bo'laklari

Masala #2410 · murakkablik 56% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

1 dan n gacha sonlardan iborat a massiv berilgan (qiymatlar takrorlanishi mumkin). q ta savol: al, …, ar bo'lagi 1, 2, …, r − l + 1 sonlarining permutatsiyasimi - ya'ni bu sonlarning har biri bo'lakda aynan bir marta uchraydimi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va q (1 ≤ n, q ≤ 2·105). Ikkinchi qatorda a1, …, an (1 ≤ ai ≤ n). Keyingi q qatorda l va r (1 ≤ l ≤ r ≤ n).

Chiquvchi ma'lumotlar

Har savol uchun YES yoki NO.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.