Aylanuvchi gilam

Masala #2401 · murakkablik 48% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Kvadrat gilam n × n katakka bo'lingan, har katak k xil rangdan biriga bo'yaladi. Gilam polga istalgan tomoni bilan qo'yilishi mumkin, shuning uchun bir-biridan 90°, 180° yoki 270° ga burish bilan hosil bo'ladigan bo'yashlar bir xil gilam hisoblanadi (gilamni ag'darib bo'lmaydi). Nechta turli gilam bor? Javobni 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiq bilan chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda t (1 ≤ t ≤ 104). Keyingi t qatorda n va k (1 ≤ n, k ≤ 109).

Chiquvchi ma'lumotlar

Har savol uchun alohida qatorda javob.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.