Qo'shnisi boshqa rangda
Masala #2419 · murakkablik 74% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Doira shaklidagi gulzor markazdan chiqqan chiziqlar bilan n ta teng sektorga bo'lingan. Har sektorga k xil guldan bittasi ekiladi, chegaradosh sektorlarda (shu jumladan n-chi va 1-chi sektorlarda ham) gullar har xil bo'lishi shart. Gulzorga qaysi tomondan qaralishi muhim emas: markaz atrofida burilganda ustma-ust tushadigan ikki ekish bir xil hisoblanadi (ko'zgudagi aksi esa boshqa). Nechta turli gulzor bor? Javobni 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiq bilan chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda t (1 ≤ t ≤ 100). Keyingi t qatorda n va k (3 ≤ n ≤ 109, 1 ≤ k ≤ 109).
Chiquvchi ma'lumotlar
Har savol uchun alohida qatorda javob.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.