Davra stollari
Masala #2394 · murakkablik 54% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Ziyofatga n nafar mehmon keldi (ular har xil). Ularni aynan k ta bir xil davra stoliga o'tqazish kerak: har stolda kamida ikki kishi o'tiradi, stollar o'zaro farqlanmaydi. Bitta stoldagi o'tirish faqat kim kimning o'ng tomonida o'tirgani bilan aniqlanadi: hammani bir o'ringa surish o'tirishni o'zgartirmaydi (lekin teskari aylanish yo'nalishi - boshqa o'tirish).
Nechta usul bor? Javobni 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiq bilan chiqaring. Bitta kirishda q ta savol.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda q (1 ≤ q ≤ 105). Keyingi q qatorda n va k (1 ≤ k ≤ n ≤ 2000).
Chiquvchi ma'lumotlar
Har savol uchun alohida qatorda javob.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.