Rangli tasbeh

Masala #2404 · murakkablik 64% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Tasbeh aylana ipga terilgan munchoqlardan iborat. m xil rang bor, i-rangdagi munchoqlar aynan ci ta; hammasi ishlatiladi, ya'ni munchoqlar soni n = c1 + … + cm. Tasbehni aylana bo'ylab burish mumkin (ag'darish mumkin emas): burish bilan bir-biridan hosil bo'ladigan tasbehlar bir xil. Nechta turli tasbeh bor? Javobni 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiq bilan chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda m (1 ≤ m ≤ 105). Ikkinchi qatorda c1, …, cm (ci ≥ 1, n ≤ 106).

Chiquvchi ma'lumotlar

Tasbehlar soni modul bo'yicha.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.