Koddan daraxtga
Masala #2397 · murakkablik 48% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
1 dan n gacha raqamlangan tugunli daraxtning Pryufer kodi berilgan: eng kichik raqamli bargni o'chirib, uning qo'shnisini yozish n − 2 marta takrorlanganda hosil bo'lgan ketma-ketlik. Daraxtni tiklang.
Javobni bir xil ko'rinishda berish uchun daraxtni n-tugun ildizli deb qarang va 1, 2, …, n − 1 tugunlarning har biri uchun otasini (ildizga olib boruvchi yo'ldagi keyingi tugunni) chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (3 ≤ n ≤ 2·105). Ikkinchi qatorda n − 2 ta son - Pryufer kodi (har biri 1 dan n gacha).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda n − 1 ta son: 1, 2, …, n − 1 tugunlarning otalari.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.