Aynan k ta parvoz

Masala #2424 · murakkablik 62% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Kuryerning chiptasi aynan k ta parvozga mo'ljallangan va hammasidan foydalanish shart. n ta aeroport orasida m ta bir tomonlama parvoz bor: i-parvoz ui dan vi ga, narxi wi. Kuryer 1-aeroportdan chiqib, k-parvoz bilan n-aeroportga qo'nishi kerak; aeroportlar va parvozlar qayta ishlatilishi mumkin (yo'l o'rtasida n-aeroportga tushib o'tish ham). Eng kam umumiy narx qancha? Imkonsiz bo'lsa, -1.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, m, k. Keyin m qatorda u v w (u = v ham bo'lishi mumkin).

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 100, 0 ≤ m ≤ 104, 1 ≤ k ≤ 109, 1 ≤ w ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng kam xarajat yoki -1.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.