Adashgan sayyoh

Masala #2430 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Shaharda n ta chorraha va m ta ikki tomonlama ko'cha bor (bir juft chorraha orasida bir nechta ko'cha bo'lishi mumkin), tarmoq bog'langan. Sayyoh 1-chorrahada turibdi. Har daqiqada u turgan chorrahasidan chiqadigan ko'chalardan birini teng ehtimol bilan tanlaydi va uning narigi uchiga o'tadi. Sayyoh birinchi marta n-chorrahaga yetib borguncha o'tadigan daqiqalar sonining kutilmasini toping.

Javob ratsional son a/b; uni a·b−1 mod 998244353 ko'rinishida chiqaring. Kafolat: masaladagi chiziqli tenglamalar tizimi 998244353 modulida yagona yechimga ega.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m. Keyin m qatorda u v (u ≠ v).

Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 200, n − 1 ≤ m ≤ 2000.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - kutilma modulda.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.