Bo'laklarga ajratish

Masala #2441 · murakkablik 72% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Uzunligi n bo'lgan taxtani ketma-ket bo'laklarga kesish kerak. Ruxsat etilgan bo'lak uzunliklari to'plami S = {s1, …, sk} berilgan. Kesish usuli - bo'laklar uzunliklarining chapdan o'ngga ketma-ketligi (masalan, 1 + 2 va 2 + 1 turli usullar). Nechta usul bor? Javobni 998244353 modulida chiqaring (n = 0 da bitta bo'sh usul).

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va k. Ikkinchi qatorda k ta turli son si.

Cheklovlar: 0 ≤ n ≤ 1018, 1 ≤ k ≤ 1000, 1 ≤ si ≤ 1000.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - usullar soni modulda.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.