Teskari matritsa

Masala #2426 · murakkablik 50% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

n × n matritsa A berilgan, elementlari p = 998244353 modulidagi qoldiqlar. Shunday B matritsani topingki, A·B ≡ I (mod p) bo'lsin (I - birlik matritsa). Bunday matritsa bo'lmasa, -1 chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, keyin n qatorda n tadan son.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 200, 0 ≤ aij < p.

Chiquvchi ma'lumotlar

n qatorda B ning elementlari (0 dan p − 1 gacha) yoki bitta -1.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.