Eng qimmat satr

Masala #2468 · murakkablik 72% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Alifbo - birinchi A ta kichik lotin harfi. k ta so'z berilgan, i-so'zning bahosi vi. Satrning bahosi - unda har bir so'zning har bir uchrashuvi uchun shu so'z bahosi yig'indisi (uchrashuvlar ustma-ust tushishi mumkin, bir xil so'z ro'yxatda ikki marta bo'lsa, ikkalasi ham hisoblanadi).

Uzunligi aynan n bo'lgan satrning eng katta bahosini toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, A, k. Keyingi k qatorda so'z va uning bahosi.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 500, 1 ≤ A ≤ 26, so'zlar uzunliklari yig'indisi ≤ 200, 1 ≤ vi ≤ 1000; so'zlar faqat alifbo harflaridan.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.