O'zgaruvchan satrda palindromlar

Masala #2453 · murakkablik 55% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB

Uzunligi n bo'lgan s satri berilgan. Ikki turdagi q ta amal bajariladi:

1 i c - si harfini c ga almashtirish;
2 l r - s[l..r] bo'lagi palindrommi (chapdan ham, o'ngdan ham bir xil o'qiladimi)?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va q, ikkinchi qatorda s. Keyingi q qatorda amallar (indekslar 1 dan).

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ q ≤ 105, harflar - kichik lotin harflari.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har bir 2-amal uchun alohida qatorda YES yoki NO.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.