K ta hujjatdagi umumiy satr

Masala #2483 · murakkablik 76% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Arxivda K ta hujjat bor, har biri kichik lotin harflaridan iborat satr. Barcha hujjatlarda bir xil uchraydigan eng uzun matn bo'lagining uzunligini toping (umumiy bo'lak yo'q bo'lsa 0).

Diqqat: satrlar soni ikkitadan ko'p bo'lishi mumkin va bo'lak palindrom bo'lishi shart emas.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda K, keyingi K qatorda satrlar - kichik lotin harflari.

Cheklovlar: 1 ≤ K, uzunliklar yig'indisi ≤ 105.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.