Lyndon bo'laklari

Masala #2461 · murakkablik 52% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bo'sh bo'lmagan satr Lyndon so'zi deyiladi, agar u o'zining barcha xos suffikslaridan qat'iy kichik bo'lsa (masalan, «aab», «ab», «b»; lekin «aba» emas - «a» < «aba»).

Har qanday satr yagona usulda w1w2…wk ko'rinishida yoziladi, bu yerda har wi - Lyndon so'zi va w1 ≥ w2 ≥ … ≥ wk (leksikografik). Shu bo'laklarni toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda s - kichik lotin harflari, 1 ≤ |s| ≤ 2·105.

Chiquvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda bo'laklar soni k, ikkinchi qatorda ularning uzunliklari chapdan o'ngga.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.