Rasm ichida naqsh

Masala #2454 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB

N × M o'lchamli harflar jadvali (rasm) va A × B o'lchamli naqsh berilgan. Naqsh rasmda necha marta uchraydi? Uchrashuv - rasmning A × B to'rtburchak bo'lagi naqshga harfma-harf teng (burish va aks ettirish yo'q). Uchrashuvlar ustma-ust tushishi mumkin.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda N, M, A, B. Keyingi N qatorda rasm, undan keyingi A qatorda naqsh (kichik lotin harflari).

Cheklovlar: 1 ≤ N, M, A, B ≤ 1000.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - uchrashuvlar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.