Marjonlar
Masala #2462 · murakkablik 56% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Har bir marjon munchoqlar halqasi; uni satr bilan yozamiz: istalgan munchoqdan boshlab soat mili bo'yicha o'qiladi. Ikki marjon bir xil, agar biri ikkinchisining siklik siljishi bo'lsa (masalan, «abc», «bca», «cab» - bitta marjon; «acb» - boshqa, chunki marjonni ag'darish mumkin emas).
k ta marjon berilgan. Ular orasida nechta har xil marjon bor?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda k, keyingi k qatorda marjonlar - kichik lotin harflari.
Cheklovlar: 1 ≤ k ≤ 105, uzunliklar yig'indisi ≤ 5·105.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.