Sug'orish doiralari
Masala #2516 · murakkablik 92% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Dalada n ta aylanma sug'orgich ishlaydi: i-si markazi (xi, yi), radiusi ri bo'lgan doirani sug'oradi. Doiralar bir-birini qoplashi, ustma-ust tushishi yoki bir-birining ichida bo'lishi mumkin. Sug'orilgan maydonning umumiy yuzasini toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, keyingi n qatorda xi yi ri.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2000, |xi|, |yi| ≤ 104, 1 ≤ ri ≤ 104.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta haqiqiy son; mutlaq yoki nisbiy xato 10-6 gacha.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.