Ikki orol orasidagi ko'prik

Masala #2511 · murakkablik 66% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Ikki orol qavariq ko'pburchak shaklida. Ular orasiga eng qisqa to'g'ri ko'prik qurilmoqchi: birinchi orolning biror nuqtasidan ikkinchisining biror nuqtasigacha. Ko'prik uzunligini toping (orollar tegib tursa yoki ustma-ust tushsa, javob 0).

Kiruvchi ma'lumotlar

n va birinchi orol uchlari, m va ikkinchi orol uchlari - ikkalasi qat'iy qavariq, soat mili yo'nalishiga qarshi tartibda.

Cheklovlar: 3 ≤ n, m ≤ 2,5·104, koordinatalar butun, modul bo'yicha 108 dan oshmaydi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta haqiqiy son; mutlaq yoki nisbiy xato 10-6 gacha.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.