Eng kichik quti

Masala #2496 · murakkablik 66% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Yassi detal n ta nuqta bilan berilgan (detal - shu nuqtalarning qavariq qobig'i). Uni to'g'ri to'rtburchak shaklidagi qutiga joylash kerak; detalni istalgan burchakka burish mumkin. Detalni to'liq o'z ichiga oladigan to'g'ri to'rtburchakning eng kichik yuzasini toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, keyingi n qatorda xi yi (takrorlar bo'lishi mumkin).

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 6·104, koordinatalar butun, modul bo'yicha 107 dan oshmaydi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta haqiqiy son; mutlaq yoki nisbiy xato 10-6 gacha. Nuqtalar bitta to'g'ri chiziqda yotsa, javob 0.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.