Ko'pburchak soyasi

Masala #2495 · murakkablik 64% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Hakam qat'iy qavariq ko'pburchakni yashirgan: n ta uch, butun koordinatalar. Siz uchlarni bilmaysiz, lekin «yorug'lik» yo'naltira olasiz: ? a b so'rovi uchun hakam a·x + b·y qiymati eng katta bo'lgan uchning koordinatalarini x y qaytaradi (bunday uchlar ikkita bo'lsa - ulardan biri). Ko'pburchak yuzasining ikki baravarini toping va ! S deb chiqaring - shundan keyin dastur tugaydi.

So'rovlar soni ko'pi bilan 2n; har so'rovda (a, b) ≠ (0, 0), |a|, |b| ≤ 109. Har chiqarilgan qatordan keyin chiqishni tozalang (endl yoki cout.flush()).

Muloqot namunasi (yashirin uchburchak (0, 0), (4, 0), (0, 3)): dastur 3 ni o'qiydi; ? 1 0 → 4 0; ? -1 0 → 0 0 yoki 0 3; … ! 12.

Kiruvchi ma'lumotlar

Boshida n (3 ≤ n ≤ 1000). Keyin har so'rovga javoban ikki son - uch koordinatalari (modul bo'yicha 106 dan oshmaydi).

Chiquvchi ma'lumotlar

So'rovlar ? a b, oxirida ! S. Chegaradan ko'p so'rov yoki noto'g'ri javob - noto'g'ri yechim.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.