Bitta minora bilan aloqa

Masala #2512 · murakkablik 68% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Tekislikda n ta qishloq bor (ba'zilari bir nuqtada bo'lishi mumkin). Bitta aloqa minorasi qurilmoqchi: uning qamrovi - markazi minorada bo'lgan doira. Minorani shunday joyga (istalgan nuqtaga, butun bo'lishi shart emas) qo'yingki, barcha qishloqlar qamrovda bo'lsin va radius eng kichik bo'lsin. Shu radiusni toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, keyingi n qatorda xi yi.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, |xi|, |yi| ≤ 106.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta haqiqiy son; mutlaq yoki nisbiy xato 10-6 gacha.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.