Yangi qo'shnilar
Masala #2507 · murakkablik 66% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Shaharchaga n ta oila ketma-ket ko'chib keladi; i-oila (xi, yi) nuqtadagi uyga joylashadi (bir nuqtada bir nechta oila bo'lishi mumkin). Har oila kelgandan keyin (ikkinchisidan boshlab) shu paytgacha kelgan oilalar orasidagi eng kichik masofaning kvadratini chiqaring.
Testlarda oilalar tartibi tasodifiy: har test nuqtalari avval tanlanib, so'ng tasodifiy aralashtirilgan.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, keyingi n qatorda xi yi.
Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 5·104, |xi|, |yi| ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
n − 1 ta son, har biri alohida qatorda.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.