Radar qamrovi
Masala #2487 · murakkablik 55% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Radar koordinatalar boshida turibdi va bir vaqtda tekislikning yarmini ko'radi: chegarasi radar orqali o'tuvchi to'g'ri chiziq bo'lgan yopiq yarim tekislikni (chegaradagi nuqtalar ham ko'rinadi). Yarim tekislikni istalgancha burish mumkin. Tekislikda n ta samolyot bor (hech biri koordinatalar boshida emas, bir nechtasi bir nuqtada bo'lishi mumkin). Radar bir vaqtda ko'ra oladigan samolyotlarning eng ko'p sonini toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n. Keyingi n qatorda xi yi.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, |xi|, |yi| ≤ 109, (xi, yi) ≠ (0, 0).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.