Taqiqlangan miqdorlar

Masala #2524 · murakkablik 68% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

n ta tosh uyumi bor. Bir yurishda o'yinchi bitta uyumni tanlab, undan x ≥ 1 ta tosh oladi; x uyumdagi toshlardan ko'p bo'lmasligi va taqiqlangan to'plam F ga kirmasligi kerak. Ya'ni F dagi sonlardan boshqa istalgan miqdorni olish mumkin. Yurolmay qolgan o'yinchi yutqazadi, birinchi o'yinchi boshlaydi. Ikkalasi ham eng yaxshi o'ynasa, kim yutadi?

Kafolat: bitta uyumning Grundy soni g uchun shunday p ≤ 1000, s ≥ 0 va n0 ≤ 1000 mavjudki, barcha n ≥ n0 da g(n + p) = g(n) + s.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda k = |F| (1 ≤ k ≤ 5). Ikkinchi qatorda k ta turli son - F elementlari (1 ≤ f ≤ 20). Uchinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105), to'rtinchisida n ta uyum o'lchami (1 ≤ si ≤ 1018).

Chiquvchi ma'lumotlar

«Birinchi» yoki «Ikkinchi».

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.