Kaktus kesish

Masala #2528 · murakkablik 70% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bog'langan grafda n ta tugun va m ta qirra bor, tugun 1 yerda turadi. Graf - kaktus: har qirra ko'pi bilan bitta oddiy siklga kiradi (karrali qirralar va halqalar yo'q). Ikki o'yinchi navbat bilan bitta qirrani o'chiradi; shundan keyin yer (tugun 1) bilan bog'lanmay qolgan qirralar ham o'yindan chiqadi. Qirra qolmagan o'yinchi yutqazadi, birinchi o'yinchi boshlaydi.

Ikkalasi ham eng yaxshi o'ynasa, kim yutadi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (2 ≤ n ≤ 105, n − 1 ≤ m ≤ 1.5·105). Keyingi m qatorda qirralar u v.

Chiquvchi ma'lumotlar

«Birinchi» yoki «Ikkinchi».

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.