Qaysi shoxni kesish kerak?

Masala #2526 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Yerga o'sib chiqqan daraxtda n ta tugun bor, tugun 1 yerda turadi, har shox - bitta qirra. Ikki o'yinchi navbat bilan bitta qirrani kesadi; yer bilan bog'lanmay qolgan qism o'yindan chiqadi. Kesadigan qirra qolmagan o'yinchi yutqazadi.

Birinchi o'yinchining nechta yutuvchi birinchi yurishi bor? Yutuvchi yurish - kesilgandan keyin raqib (eng yaxshi o'ynasa ham) yutqazadigan qirra.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (2 ≤ n ≤ 2·105). Keyingi n − 1 qatorda daraxt qirralari u v.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - yutuvchi qirralar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.