Sikllik grafda ko'p fishka

Masala #2545 · murakkablik 92% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Yo'naltirilgan grafda n ta uch va m ta qirra bor (sikllar, halqalar va karrali qirralar bo'lishi mumkin). Uchlarda fishkalar turibdi (bir uchda bir nechta bo'lishi mumkin). Bir yurishda o'yinchi bitta fishkani tanlab, uni chiquvchi qirra bo'ylab suradi. Yurolmay qolgan o'yinchi yutqazadi; o'yin cheksiz davom etsa - durang. O'yinchilar avval yutishga, bo'lmasa yutqazmaslikka intiladi.

q ta so'rov: har birida fishkalar joylashuvi beriladi. Birinchi o'yinchi yutadimi, yutqazadimi yoki durangmi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n ≤ 2000, 1 ≤ m ≤ 104), keyin m qatorda qirralar u v (u → v). Keyin q (1 ≤ q ≤ 2·104) va q qator: k (1 ≤ k ≤ 10) va fishkalar turgan k ta uch.

Chiquvchi ma'lumotlar

q qator: «Birinchi», «Ikkinchi» yoki «Durang».

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.