Juftlab olish

Masala #2536 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Stolda n ta (juft son) musbat butun son yozilgan kartochka bor. Ikki o'yinchi navbat bilan yuradi: bir yurishda stoldan ikkita kartochka olinadi va o'yinchiga ulardagi sonlarning EKUB i qadar ochko yoziladi. Kartochkalar tugaganda o'yin tugaydi. Har kim (o'z ochkosi − raqib ochkosi) ni maksimal qilishga intiladi, birinchi o'yinchi boshlaydi.

Ikkalasi ham eng yaxshi o'ynasa, birinchining ochkosi ikkinchinikidan qanchaga ko'p?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (2 ≤ n ≤ 16, juft). Ikkinchi qatorda n ta son (1 ≤ ai ≤ 106).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - ochkolar farqi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.