Bir yurishda k ta uyum

Masala #2539 · murakkablik 62% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

n ta tosh uyumi bor. Bir yurishda o'yinchi 1 dan k tagacha bo'sh bo'lmagan uyumni tanlaydi va tanlangan har bir uyumdan kamida bitta (istalgancha, uyumlar bo'yicha har xil bo'lishi mumkin) tosh oladi. Yurolmay qolgan o'yinchi yutqazadi, birinchi o'yinchi boshlaydi. k = 1 da bu oddiy Nim.

Ikkalasi ham eng yaxshi o'ynasa, kim yutadi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va k (1 ≤ k ≤ n ≤ 105). Ikkinchi qatorda n ta son (0 ≤ ai ≤ 1018).

Chiquvchi ma'lumotlar

«Birinchi» yoki «Ikkinchi».

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.