Mushuk va sichqon
Masala #2531 · murakkablik 64% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Yo'naltirilmagan grafda n ta uch va m ta qirra bor. Sichqon 1-uchda, mushuk 2-uchda, n-uchda sichqonning ini. Navbat bilan yuriladi, birinchi sichqon. O'z navbatida o'yinchi qo'shni uchga o'tishi shart (joyida turish mumkin emas). Mushuk inga kira olmaydi.
- Sichqon inga yetsa - sichqon yutadi.
- Sichqon va mushuk bir uchda bo'lib qolsa (kim yurganidan qat'i nazar) - mushuk yutadi.
- Navbatdagi o'yinchi yura olmasa - u yutqazadi.
- O'yin cheksiz davom etsa - durang.
Ikkalasi ham eng yaxshi o'ynasa (yutolmasa - durangga intiladi), natija qanday?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m (3 ≤ n ≤ 200, 1 ≤ m ≤ 2000). Keyingi m qatorda qirralar u v (halqa va karrali qirra yo'q).
Chiquvchi ma'lumotlar
«Sichqon», «Mushuk» yoki «Durang».
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.