Satrni kesish

Masala #2542 · murakkablik 72% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Kichik lotin harflaridan iborat s satri bor. Bir yurishda o'yinchi o'yindagi satrlardan birini t tanlaydi va unda shunday i o'rinni topadi: ti satrning birinchi va oxirgi harfi emas va ti−1 = ti+1. Shundan keyin t uchta satrga kesiladi: t1..i−1, ti (bitta harf) va ti+1..|t|; ular keyingi yurishlarda alohida satrlar. Yurolmay qolgan o'yinchi yutqazadi, birinchi o'yinchi boshlaydi.

Kim yutadi? Birinchi yutsa, uning yutuvchi birinchi yurishlaridan i eng kichigini toping (boshlang'ich satrdagi o'rin, 1 dan).

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n = |s| (1 ≤ n ≤ 5000), ikkinchisida s.

Chiquvchi ma'lumotlar

«Ikkinchi» yoki ikki qator: «Birinchi» va eng kichik yutuvchi i.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.