Har kimga o'z qiymati

Masala #2534 · murakkablik 52% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Stolda n ta buyum bor. i-buyum Alisa uchun ai, Bobur uchun bi so'm turadi. Ular navbat bilan stoldan istalgan bitta buyumni olishadi, Alisa boshlaydi. Buyumlar tugaganda o'yin tugaydi. Alisaning bahosi - o'zi olgan buyumlarning a qiymatlari yig'indisi, Boburniki - o'zi olganlarning b qiymatlari yig'indisi. Har kim (o'z bahosi − raqib bahosi) ni maksimal qilishga intiladi.

Ikkalasi ham eng yaxshi o'ynasa, Alisa bahosi − Bobur bahosi nechaga teng?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 2·105). Ikkinchi qatorda a1, …, an, uchinchisida b1, …, bn (1 ≤ ai, bi ≤ 109).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - farq.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.