Tangalar ildizga oqadi
Masala #2538 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
n ta tugunli daraxtning har tugunida bir nechta tanga bor: v-tugunda cv ta. Daraxtning ildizi r deb tanlanadi va o'yin o'ynaladi: bir yurishda o'yinchi ildizdan boshqa biror v tugunni tanlab, undagi tangalardan kamida bittasini (istalgancha) v ning otasiga o'tkazadi. Yurolmay qolgan o'yinchi yutqazadi, birinchi o'yinchi boshlaydi.
q ta so'rov: har birida ildiz r beriladi (tangalar har safar boshlang'ich holatda). Ikkalasi ham eng yaxshi o'ynasa, kim yutadi?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 2·105), ikkinchisida c1, …, cn (0 ≤ cv ≤ 109). Keyingi n − 1 qatorda qirralar. Keyin q (1 ≤ q ≤ 2·105) va q ta ildiz.
Chiquvchi ma'lumotlar
q qator: «Birinchi» yoki «Ikkinchi».
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.