Umumiy do'stlar
Masala #2568 · murakkablik 66% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Ijtimoiy tarmoqda n ta foydalanuvchi va m ta do'stlik bor (do'stlik ikki tomonlama). Tarmoq «umumiy do'stlar» sonini ko'rsatadi: x va y uchun bu - ham x ning, ham y ning do'sti bo'lgan foydalanuvchilar soni. q ta so'rovga javob bering.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, m, q. Keyin m qatorda juftliklar u v, keyin q qatorda so'rovlar x y.
Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ m ≤ 105, 1 ≤ q ≤ 105; u ≠ v, bir juftlik ko'pi bilan bir marta; so'rovda x ≠ y.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har so'rov uchun bitta qatorda umumiy do'stlar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.