Ikki rangga bo'yash
Masala #2563 · murakkablik 68% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB
Shaharda n ta maktab bor, boshida ular orasida hech qanday raqobat yo'q. q ta voqea ketma-ket ro'y beradi: 1 u v - u va v maktablar o'rtasida raqobat boshlanadi (avval yo'q edi), 2 u v - ular orasidagi raqobat tugaydi (u bor edi).
Olimpiada tashkilotchilari maktablarni ikki guruhga bo'lmoqchi: raqobatdagi har ikki maktab turli guruhda bo'lsin. Har voqeadan keyin bunday bo'lish mumkinmi?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q. Keyin q qatorda voqealar. u ≠ v, bir juft orasida bir vaqtda ko'pi bilan bitta raqobat bo'ladi.
Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 105, 1 ≤ q ≤ 105.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har voqeadan keyin alohida qatorda HA yoki YOQ.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.