Bo'laklar kvadrati

Masala #2556 · murakkablik 74% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Konveyerda n ta quti bir qatorda turibdi, i-qutining og'irligi ai. Qutilarni tartibini o'zgartirmasdan aynan K ta yuk mashinasiga ortish kerak: har mashinaga ketma-ket turgan (kamida bitta) qutilar tushadi va har quti aynan bitta mashinaga. Og'irligi S bo'lgan mashina yo'lga S2 litr yoqilg'i sarflaydi. Barcha mashinalarning umumiy yoqilg'i sarfi eng kami bilan qancha bo'ladi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va K, ikkinchi qatorda a1, …, an.

Cheklovlar: 1 ≤ K ≤ n ≤ 105, 1 ≤ ai ≤ 1000.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng kichik umumiy sarf.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.