Askarlar guruhlari

Masala #2549 · murakkablik 68% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Safda n ta askar turibdi, i-askarning tayyorgarlik darajasi xi. Qo'mondon safni ketma-ket bo'laklarga - guruhlarga ajratadi (har askar aynan bitta guruhda, guruh bo'sh emas). Darajalari yig'indisi X bo'lgan guruhning samaradorligi aX2 + bX + c, bunda a < 0.

Barcha guruhlar samaradorliklari yig'indisining eng katta qiymatini toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, ikkinchi qatorda a, b, c, uchinchi qatorda x1, …, xn.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, −5 ≤ a ≤ −1, |b|, |c| ≤ 107, 1 ≤ xi ≤ 100.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng katta umumiy samaradorlik (manfiy bo'lishi mumkin).

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.