Barglarga sakrash
Masala #2553 · murakkablik 80% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Ildizi 1-tugunda bo'lgan n tugunli daraxt berilgan. Har tugunda ikki son yozilgan: ai va bi. Tugun u dan uning qism daraxtidagi istalgan boshqa tugun v ga (v ≠ u, v - u ning avlodi) bitta sakrash bilan o'tish mumkin, sakrash narxi au · bv (manfiy ham bo'lishi mumkin). Yo'l narxi - sakrashlar narxlari yig'indisi.
Har tugun uchun undan biror bargga yetib borishning eng kichik narxini toping. Barg - bolasi yo'q tugun (ildiz barg hisoblanmaydi); bargning o'zi uchun javob 0.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n. Ikkinchi qatorda a1, …, an, uchinchisida b1, …, bn. Keyin n − 1 qatorda daraxt qirralari u v.
Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 105, |ai|, |bi| ≤ 105.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda n ta son: 1-, 2-, …, n-tugun uchun javob.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.