Yer uchastkalari
Masala #2547 · murakkablik 62% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Fermer n ta to'g'ri to'rtburchak shaklidagi yer uchastkasini sotib olmoqchi: i-uchastkaning eni wi, bo'yi hi. Uchastkalar guruh-guruh bo'lib sotiladi: fermer ularni istalgan guruhlarga ajratadi (guruhdagi uchastkalar ketma-ket bo'lishi shart emas), har guruh uchun esa max w · max h so'm to'laydi - guruhdagi eng katta en va eng katta bo'yning ko'paytmasi. Har uchastka aynan bitta guruhga kiradi.
Barcha uchastkalarni sotib olishning eng kichik umumiy narxini toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n. Keyin n qatorda wi va hi.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 7·104, 1 ≤ wi, hi ≤ 106.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng kichik narx.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.