Tog' yo'lidagi sakrashlar
Masala #2574 · murakkablik 86% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Tog' yo'lida n ta maydoncha bor, i-maydoncha xi nuqtada (x1 < x2 < … < xn), uning balandligi hi, unga qo'nish narxi ci. Alpinist 1-maydonchada turibdi va n-maydonchaga yetishi kerak. U j-maydonchadan istalgan i > j maydonchaga sakray oladi, lekin faqat hj ≤ hi bo'lsa (pastga sakrash taqiqlangan). Bunday sakrash narxi (xi − xj)2 + ci.
Eng kichik jami narxni toping yoki yetib bo'lmasa -1 chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, keyin n qatorda xi hi ci.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ xi ≤ 106, 1 ≤ hi ≤ 109, 0 ≤ ci ≤ 109. n = 1 bo'lsa, javob 0.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng kichik narx yoki -1.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.