Turli sakrashlar

Masala #2597 · murakkablik 45% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Mashg'ulotda n ta pog'ona bor, ular 1 dan n gacha raqamlangan. Sportchi har pog'onaga aynan bir marta chiqadi, tartibni murabbiy belgilaydi: 1, 2, …, n ning p1, …, pn almashtirishi. Sakrash uzunligi - |pi − pi+1|.

Murabbiy sakrash uzunliklari orasida aynan k ta turli qiymat bo'lishini istaydi. Shunday tartib tuzing. Bir nechta to'g'ri javob bo'lsa, istalganini chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda testlar soni t. Keyingi t qatorda n va k.

Cheklovlar: 1 ≤ k < n ≤ 105, n lar yig'indisi 2·105 dan oshmaydi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har test uchun bitta qatorda n ta son - tartib.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.