Chigirtka sakrashlari
Masala #2578 · murakkablik 40% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Maydonda bir qatorda 1 dan n gacha raqamlangan n ta barg yotibdi. Chigirtka har bir bargga aynan bir marta qo'nishi kerak: u istalgan bargdan boshlaydi, keyin har safar boshqa bargga sakraydi. Chigirtka juda yaqin sakray olmaydi va juda uzoq ham sakray olmaydi: x-bargdan y-bargga sakrash uchun 2 ≤ |x − y| ≤ 4 bo'lishi kerak.
Barglarga qo'nish tartibini toping, ya'ni 1, 2, …, n sonlarining shunday p1, …, pn almashtirishini topingki, har i < n uchun 2 ≤ |pi − pi+1| ≤ 4. Bunday tartib bo'lmasa, -1 chiqaring.
Bir nechta to'g'ri javob bo'lsa, istalganini chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda testlar soni t. Keyingi t qatorda bittadan n.
Cheklovlar: 1 ≤ t ≤ 200, 1 ≤ n ≤ 2·105, barcha n lar yig'indisi 2·105 dan oshmaydi.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har test uchun bitta qatorda n ta son - qo'nish tartibi, yoki -1.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.