Oldindan tuzilgan tortish rejasi

Masala #2613 · murakkablik 52% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

n ta tanganing bittasi og'ir (qolganlari bir xil). Bu safar tarozichi shoshyapti: barcha tortishlarni oldindan yozib berasiz, u ularni birin-ketin bajaradi va natijalar ro'yxatini beradi. Ya'ni keyingi tortish oldingisining natijasiga bog'liq bo'lmaydi.

Shunday w ta tortish rejasini tuzing-ki, natijalar ro'yxatidan og'ir tanga doim bir qiymatli aniqlansin, va w eng kichik bo'lsin. Har tortishda pallalarda tangalar soni teng bo'lishi kerak (bo'sh pallalar ham mumkin).

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta son n (1 ≤ n ≤ 105).

Chiquvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda w. Keyin w qatorda tortish: k a1 … ak b1 … bk - chap va o'ng pallalar (bir tortishda raqamlar turli, k ≥ 0). Har qanday to'g'ri eng qisqa reja qabul qilinadi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.