Turnir setkasi
Masala #2641 · murakkablik 68% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Turnirda 2k ishtirokchi olimpiya tizimida o'ynadi: birinchi aylanada 1-2, 3-4, 5-6, …, keyingi aylanada g'oliblar xuddi shu tartibda (1-2 juft g'olibi 3-4 juft g'olibi bilan) va hokazo, toki chempion qolguncha. Natijalar sizga noma'lum.
So'rov: ? a b - javob 1, agar a turnirda b dan ko'p g'alaba qozongan bo'lsa, 2 - agar b ko'p, 0 - teng. Chempionni toping: ! x. So'rovlar soni ko'pi bilan ⌈2k+1/3⌉. Har chiqargan qatordan keyin chiqishni tozalang (cout << endl yoki cout.flush()), aks holda hakam so'rovingizni ko'rmaydi.
Muloqot namunasi (k = 2; 1-2 da 2, 3-4 da 3, finalda 3 yutgan; chegara 3): dastur «2» ni o'qiydi; ? 1 3 → 2; ? 3 2 → 1; ! 3.
Kiruvchi ma'lumotlar
Boshida k (1 ≤ k ≤ 12). Keyin har so'rovga javoban bitta son.
Chiquvchi ma'lumotlar
So'rovlar ? a b, oxirida ! x.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.